So‘nggi yangilanish: 29.12.2025

Ushbu hujjat «Mobinex» internet-do‘koni (keyingi o‘rinlarda «Sotuvchi») va internet-do‘kon xizmatlaridan foydalanuvchi (keyingi o‘rinlarda «Xaridor») o‘rtasidagi rasmiy shartnoma hisoblanadi. Saytdan foydalanish va buyurtma berish orqali Xaridor ushbu qoidalarga to‘liq roziligini bildiradi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan Ommaviy Oferta hisoblanadi.

1.2. Sotuvchi o‘z xohishiga ko‘ra ushbu shartlarga istalgan vaqtda o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

2. To‘lov shartlari

2.1. Internet-do‘konda barcha mahsulot narxlari milliy valyutada (so‘m) ko‘rsatilgan.

2.2. To‘lovlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishda, hamkor to‘lov tizimlari (Payme, Uzum, va boshqalar) hamda bank kartalari orqali amalga oshiriladi.

2.3. Pulni qaytarish: Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan to‘lovlar, mahsulot Xaridorga yuborilgandan so‘ng yoki xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng, qaytarilmaydi (shartnomaning 3.2-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno).

2.4. Sotuvchi Xaridorning bank kartasi ma’lumotlarini saqlamaydi. Barcha tranzaksiyalar hamkor to‘lov platformalarining himoyalangan serverlarida amalga oshiriladi.

3. Mahsulotni qaytarish va almashtirish siyosati

3.1. Sifatli mahsulotlar qaytarilmaydi: Xaridor tomonidan qabul qilib olingan, texnik jihatdan soz va tashqi ko‘rinishi shikastlanmagan (sifatli) mahsulotlar qaytarib olinmaydi va almashtirilmaydi.

3.2. Zavod nuqsoni (Brak): Mahsulot qaytarib olinishi yoki almashtirilishi faqatgina unda zavod tomonidan yo‘l qo‘yilgan texnik nuqson (brak) aniqlangan taqdirda amalga oshiriladi.

3.3. Zavod nuqsoni aniqlangan holatda, Xaridor mahsulotni olgan kundan boshlab 3 kun ichida Sotuvchiga murojaat qilishi va nuqsonni isbotlovchi dalillar (foto, video yoki servis markazi xulosasi)ni taqdim etishi shart.

3.4. Mexanik shikastlanishlar (tushib ketish, suv tegishi, noto‘g‘ri foydalanish oqibatida buzilish) kafolat holati hisoblanmaydi va bunday hollarda mahsulot qaytarib olinmaydi.

4. Maxfiylik siyosati va Ma’lumotlar himoyasi

4.1. Ma’lumotlarni yig‘ish: Buyurtmani rasmiylashtirish uchun Sotuvchi Xaridordan quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni so‘rashi mumkin: Ism-familiya, telefon raqam, yetkazib berish manzili.

4.2. Ma’lumotlardan foydalanish: Yig‘ilgan ma’lumotlar faqat buyurtmani bajarish, Xaridor bilan bog‘lanish va xizmat sifatini oshirish maqsadida foydalaniladi.

4.3. Uchinchi shaxslarga berilmasligi: Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga (reklama agentliklari va h.k.) bermaslik majburiyatini oladi.

4.4. Istisnolar: Ma’lumotlar faqat qonunchilikda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yoki yetkazib berish xizmatini (kuryerlik) amalga oshirish uchun hamkorlarga taqdim etilishi mumkin.

5. Yetkazib berish

5.1. Yetkazib berish muddati va narxi Xaridorning manzili va tanlangan yetkazib berish usuliga qarab belgilanadi.

5.2. Buyurtma kuryerga topshirilgandan so‘ng, yetkazib berish jarayonidagi kechikishlar uchun kuryerlik xizmati javobgar hisoblanadi.

6. Fors-major

6.1. Tomonlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan favqulodda holatlar (tabiiy ofatlar, davlat cheklovlari, texnik nosozliklar, internet uzilishlari) yuzaga kelganda majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.

7. Bog‘lanish

Savollar yoki takliflar bo‘yicha quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

  • Telefon: (33) 737 37 38
  • Email: support@mobinex.store
  • Manzil: Toshkent shaxri, Kichik halqa yo’li, 59-uy, «Malika» savdo markazi, A blok, 12-dokon