Tasdiqlangan sana: 01.01.2026

Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — «Shartnoma») «mobinex.store» internet-do‘koni (keyingi o‘rinlarda — «Sotuvchi») va internet-do‘kon xizmatlaridan foydalanuvchi har qanday jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — «Xaridor») o‘rtasidagi tovarlarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha rasmiy taklif hisoblanadi.

Ushbu Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367 va 369-moddalariga muvofiq tuzilgan bo‘lib, Xaridor tomonidan buyurtma berilishi ushbu Ofertani to‘liq va shartsiz qabul qilish (Aksept) hisoblanadi.

1. Atamalar va ta’riflar

1.1. Sayt — Internet tarmog‘idagi mobinex.store manzili bo‘yicha joylashgan internet-do‘kon.

1.2. Xaridor — Sayt orqali tovarlarga buyurtma bergan jismoniy shaxs.

1.3. Tovar — Sayt katalogida sotuvga qo‘yilgan mahsulotlar.

2. Shartnoma predmeti

2.1. Sotuvchi Tovarni Saytda ko‘rsatilgan narxlarda va shartlarda sotish, Xaridor esa to‘lovni amalga oshirish va Tovarni qabul qilish majburiyatini oladi.

2.2. Tovar haqidagi ma’lumotlar (xususiyatlari, narxi, mavjudligi) Saytda ko‘rsatilgan.

3. Buyurtma rasmiylashtirish

3.1. Buyurtma Xaridor tomonidan Sayt interfeysi orqali yoki +998 33 737 37 38 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali rasmiylashtiriladi.

3.2. Ro‘yxatdan o‘tish yoki buyurtma berish vaqtida Xaridor o‘zi haqida to‘g‘ri ma’lumotlarni (F.I.Sh, yetkazib berish manzili, telefon raqami) taqdim etishi shart.

3.3. Xaridor taqdim etgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi sababli yetkazib berishdagi kechikishlar uchun Sotuvchi javobgar emas.

4. Narx va To‘lov tartibi

4.1. Saytdagi barcha Tovar narxlari O‘zbekiston so‘mida (UZS) ko‘rsatilgan.

4.2. Sotuvchi Tovar narxini bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega, lekin buyurtma rasmiylashtirilib, to‘lov amalga oshirilgan tovar narxi o‘zgartirilmaydi.

4.3. To‘lov quyidagi usullar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • Bank kartalari orqali onlayn (Uzcard, Humo, Visa, Mastercard).
  • Yetkazib berilganda naqd pul yoki terminal orqali (agar kuryerlik xizmatida mavjud bo‘lsa).
  • 4.4. Onlayn to‘lovlar xavfsizligi xalqaro standartlar va SSL (Secure Sockets Layer) shifrlash protokoli orqali himoyalangan. Sayt Xaridorning bank kartasi ma’lumotlarini saqlamaydi.

5. Yetkazib berish shartlari

5.1. Yetkazib berish usullari:

  • O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish: Kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
  • Olib ketish: Xaridor tovarni Toshkent shaxri, Kichik halqa yo’li, 59-uy, Malika savdo majmuasi manzilidan olib ketishi mumkin.
  • 5.2. Yetkazib berish narxi buyurtma rasmiylashtirish vaqtida hisoblanadi va Xaridorga ma’lum qilinadi.
  • 5.3. Yetkazib berish muddati: Toshkent shahri bo‘ylab 1 ish kunida, viloyatlarga 2-3 ish kuni ichida.

6. Tovarni qaytarish va almashtirish (Refund & Return Policy)

6.1. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, Xaridor tovarni qabul qilgan kundan boshlab 10 (o‘n) kun ichida (yoki qonunchilikda belgilangan boshqa muddatda) sifatli tovarni qaytarishga haqli.

6.2. Sifatli tovarni qaytarish shartlari:

  • Tovar ishlatilmagan bo‘lishi kerak.
  • Tovar ko‘rinishi, yorliqlari (birka) va qadoqlari saqlangan bo‘lishi kerak.
  • Sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (chek, kvitansiya) mavjud bo‘lishi kerak.
  • 6.3. Sifatsiz (nuqsonli) tovar: Agar tovarda ishlab chiqarish nuqsoni aniqlansa, Xaridor uni almashtirishni yoki pulini qaytarishni talab qilishga haqli.
  • 6.4. Qaytarib bo‘lmaydigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi (masalan, gigiyena vositalari, tibbiy buyumlar va h.k.).

7. Pullarni qaytarish qoidalari (Refund Policy)

7.1. Buyurtma bekor qilinganda yoki tovar qaytarilganda, mablag‘lar Xaridor to‘lovni amalga oshirgan usulda qaytariladi.

7.2. Bank kartasi orqali to‘langan mablag‘lar 5 dan 10 gacha bank ish kuni ichida Xaridor kartasiga qaytariladi. Muddat bankning ishlash tezligiga bog‘liq.

7.3. Sifatli tovar qaytarilganda, yetkazib berish xarajatlari Xaridor hisobidan qoplanadi (agar yetkazib berish bepul bo‘lmagan bo‘lsa).

8. Maxfiylik va Xavfsizlik

8.1. Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini «Maxfiylik siyosati»ga muvofiq himoya qiladi va uchinchi shaxslarga bermaydi (Qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

8.2. Saytda to‘lovlarni amalga oshirishda PCIDSS xavfsizlik standartlariga rioya qilinadi.

9. Fors-major

9.1. Tomonlar o‘z majburiyatlarini tabiiy ofatlar, urush, epidemiya, davlat organlarining cheklovlari kabi yengib bo‘lmas kuchlar ta’sirida bajara olmasalar, javobgarlikdan ozod etiladilar.

10. Sotuvchi rekvizitlari

Ushbu bo‘limdagi ma’lumotlar yuridik kuchga ega.

  • Tashkilot: «MOBINEX» MCHJ
  • Yuridik manzil: Samarqand viloyati, Payariq tumani, Navbahor MFY, Bog‘ibaland ko‘chasi, 216-uy.
  • STIR (INN): 312 257 654
  • Hisob raqam (MFO): 2020 8000 4072 7093 8001 (01158)
  • Bank: ATB Kapitalbank
  • Direktor: Musulmonov Iftihor Muxiddin o’g’li
  • Telefon: +998 33 737 37 38
  • E-mail: info@mobinex.store